Jahon | 12:00
972
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda Starlink interneti ishga tushdi

Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti Qirg‘iziston hududida ishga tushdi. Barcha uskunalari bilan mini tarif 27 180 somdan (3,7 mln.so‘m), standart tarifi esa 36 270 somdan (4,9 mln so‘m) taklif etilyapti. Mazkur xizmat 2025 yilning avgust oyidan Qozog‘istonda, 2026 yilning fevralidan esa Tojikistonda ham ishga tushirilgandi.

Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti Qirg‘iziston hududida ishga tushdi. Xizmatning rasmiy xaritasida qo‘shni respublika internetdan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan mamlakatlar qatoriga qo‘shilgan.

Qirg‘izistonliklar o‘z manzilini kiritish orqali xizmat mavjudligi va hududdagi tariflar haqida qo‘shimcha ma’lumot olishi mumkin. Hozirda barcha uskunalar bilan mini tarif 27 180 somdan (3,7 mln.so‘m), standart tarifi esa 36 270 somdan (4,9 mln so‘m) taklif etilyapti. Starlink’ning ishga tushirilishi simli yoki mobil internet barqaror ishlamaydigan chekka qishloqlar va tog‘li hududlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Markaziy Osiyodada Starlink’ning ommaviylashishi

2025 yil 13 avgust kuni mintaqa mamlakatlari ichida Qozog‘iston sun’iy yo‘ldosh internetini birinchi bo‘lib ishga tushirgandi. Dastlab xizmat sinov tariqasida, keyinchalik esa ommaviy ravishda foydalanuvchilarga taqdim etila boshlandi. Oylik Starlink interneti narxi 23 ming tengedan (taxminan 48 dollar) 31 ming tengegacha (taxminan 66 dollar), uskunalar to‘plami esa 104 000 tengedan (221 dollar) 201 000 tengegacha (427 dollar).  

2026 yilning fevralidan Tojikiston aholisi uchun ham sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi. Standart tarifda Starlink internet narxi oyiga 1100 somoniyni (118 dollar) tashkil qiladi. O‘rnatish uskunalari 2700 somoniyga (291 dollar) tushadi.

Starlink’ning rasmiy xaritasiga ko‘ra, O‘zbekistonda xizmatni 2026 yildan boshlab yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

 Starlink haqida

Starlink - dunyoning istalgan nuqtasidan yuqori tezlikdagi keng polosali internetga ulanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan global sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi. Tarmoq dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida, jumladan, Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropaning aksariyat mamlakatlari, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrikaning bir qismi va Osiyoda faoliyat yuritadi.

 

Достон Аҳроров
Muallif Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid