Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katta Farg‘ona kanalida timsohlar yurgani rad etildi
Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga aniqlik kiritish uchun kanalda o‘rganish ishlarini olib borgan. O‘rganishda kanalda timsohlar borligi aniqlanmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda katta Farg‘ona kanalida timsohlar yurgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani Guliston, Paxtachi, Tegirmon va Birlik mahallalari hududidan oqib o‘tuvchi katta Farg‘ona magistral kanalida o‘rganish ishlari olib borilgan. Biroq o‘rganish jarayonida kanalda timsoh mavjudligi aniqlanmagan.
Boshqarma fuqarolardan asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni hamda faqat rasmiy manbalarga tayanishni so‘radi.
Mavzuga oid
11:04 / 04.09.2025
“O‘z qurbonlarini timsohga yedirgan” - Kolumbiyada “El-Loko” laqabli jinoyatchi ushlandi
09:52 / 21.08.2025
“Derazani ocholmayapmiz” - Oltiariqda kanalizatsiya Farg‘ona kanaliga oqizilyapti
12:10 / 15.08.2025
Ko‘pik oqizilishi birinchisi emas: “Nil-Granit” avvaldan Janubiy Farg‘ona kanalini ifloslantirib kelgani ma’lum bo‘ldi
11:22 / 25.06.2025