Janubiy Farğona kanali suvini ifloslantirib kelgan korxona rahbari jarimaga tortildi. Uşbu masalaga oid huquqbuzarlik jinoyat işlari böyiça Xöjaobod tuman sudida körib çiqilgan.
Sudning 2025 yil 8 avgustdagi qaroridan ma’lum bölişiça, Adbuvahob Matkarimov rahbarlik qilib kelgan “Nil-Granit” MÇJ (“SAMO” brendi) tomonidan Janubiy Farğona kanaliga çiqindi suvlari oqizib kelingan.
Qarorda keltirilişiça, korxonaning işlab çiqarişidan çiqqan oqova suvlari uçun qurilgan lokal suv tozalaş inşootining işlaş samaradorligini doimiy nazorat qiliş belgilangan. Biroq bu inşoot qisman işlayotgani ma’lum bölgan. “Nil-Granit” MÇJ rahbari A.Matkarimov avariyaviy holatdagi çiqindi suvlar tozalanmasdan korxona hududidagi maxsus ariq orqali Janubiy Farğona kanaliga oqizişga yöl qöyib bergan.
Uşbu holat Andijon viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi tomonidan 2025 yil 21 may kuni ötkazilgan örganişda aniqlangan.
Adbuvahob Matkarimov Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 72-moddasi (suv resurslarini muhofaza qiliş qoidalarini buziş) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, BHMning 5 baravari miqdorida, ya’ni 1 mln 875 ming söm jarima jazosi tayinlangan. Jarimani davlat foydasiga undiriş belgilangan.
A.Matkarimov iştirokisiz ötkazilişiga rozilik bildirib, ariza taqdim qilgani uçun sud ma’muriy işni huquqbuzarning iştirokisiz körib çiqqan.
Şu yil 26 iyul kuni Janubiy Farğona kanalining Buloqboşi tumani Şirmonbuloq qişloğidan ötuvçi qismida quyuq oq köpik oqqandi. Kun.uz uşbu holat yuzasidan suriştiruv ötkazganda suvçi – mirob Ilhom Buvayev Xöjabod tumanidagi “SAMO” trikotaj fabrikasidan çiqqan çiqindi suvlar kanal suviga qöşilib, doimiy ravişda ifloslantirişini bildirgandi.
“Tsellofan, kömirga öxşagan qora rangdagi ximikat, köpik oqadi. Kuzga borganda kanalda heç bir tirik zot qolmaydi. Baliqlargaça qirilib ketadi ximikat zahridan. Kanalda doimiy zahar oqaverib, faqat ilonbaliqlar qolgan. SAMÖdan buyoğida, aynan fabrikaning çiqindi suvi oqiziladigan qismidan boşlab qurbaqalar ham ölib ketgan. Tabiat jonzotlari qirilib bitdi xullas. Avvallari bu suvdan içar edik. Çorvalar içardi, hozir endi hatto tovuqlarga ham bermay qöydik kanal suvini”, degan u.















