Kolumbiyada özining qurbonlari jasadlarini timsohga yedirgani aytilayotgan “El Loko” laqabli Robinson Suluaga Arroya hibsga olindi. Bu haqda El Heraldo de Mexicoa naşri xabar bermoqda.

“Los Espartanos” jinoiy tödasi rahbarining yordamçisi bölgan “El Loko” oğir jinoyatlarda, xususan, giyohvand moddalar savdosi, tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanişda ayblanmooqda. Avvalroq uning timsohi musodara qilingan. Tergov ma’lumotlariga köra, u timsohni öldirilgan odamlarning jasadlari bilan boqqan. 

Uning qamoqqa olinişi Kolumbiyadagi “Şottas” va “Espartanos” tödalariga qarşi operatsiyaning bir qismi bölgan. 2025 yilning özida Vale del Kauka departamentida mazkur guruhlarning 140 dan ortiq a’zosi qölga olingan. 

InSight Crime ma’lumotlariga köra, “Şottas” va “Espartanos” bir-biriga raqib tödalar bölib, ular tovlamaçilikdan keladigan daromadlar, şuningdek, kokain kontrabandasi yöllari ustidan nazoratga ega çiqiş uçun kuraşib keladi.

Tödalar örtasidagi hudud uçun kuraş “körinmas çegaralar”ning paydo bölişiga sabab bölgan. Bu esa fuqarolarning tödalar nazoratidagi hududlarda erkin harakatlanişiga tösqinlik qilmoqda.