Ijtimoiy tarmoqlarda bloger uyida Nil timsohini saqlayotgani aks etgan videolar yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi örganiş olib borilganini ma’lum qildi.

Ötkazilgan reyd davomida Toşkent şahrida yaşovçi fuqaro yaşaş manzilida bir boş Nil timsohini saqlayotganligi aniqlangan. 

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 92−1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Iş yuzasidan töplangan hujjatlar holatga huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş uçun  sud organlariga yuborilgan. 

Timsoh Toşkent hayvonot boğiga topşirilgan.

Ma’lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlaş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 736-son qaroriga asosan, 2025 yil 1 yanvardan jismoniy şaxslar tomonidan (röyxat asosida) yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlaş hamda ulardan sirk tomoşalarida  foydalaniş taqiqlangan.