Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
Latviya va Litva Yevropa Ittifoqi hamda boshqa Yevropa davlatlari ortidan Rossiyaning yangi tahdidlari sababli rossiyalik elchilarni TIVga chaqirtirdi. Bu orqali ular Kiyevga yangi ommaviy hujumlar uyushtirish tahdidlari va diplomatlarni Ukraina poytaxtini tark etishga chaqirishlarga norozilik bildirdi.
Foto: AP
Latviya Tashqi ishlar vazirligi: “Rossiyaning Kiyevga qaratilgan tahdidlari bizni qo‘rqitmaydi. Biz Kiyevni tark etmaymiz. Aksincha, Rossiya chiqib ketishi kerak. Latviya Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi”, — deya ma’lum qildi.
Litva TIV ham Rossiyaning Kiyevga ommaviy zarba berish tahdidlarini va xorijliklardan shaharni tark etishni talab qilganini keskin rad etdi. Vazirlik Rossiyaga nota yuborilganini ma’lum qildi.
Bundan avval Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha va Yevropa Ittifoqi ham Rossiya elchilarini chaqirtirgan edi. Germaniya TIV Rossiyani “tahdid, terror va keskinlashuv siyosati”da aybladi.
Norvegiya tashqi ishlar vaziri Espen Bart Eyde ham Ukrainadagi xorijiy diplomatlarga tahdidlar sababli Rossiya elchisini chaqirtirgan. Shvetsiya esa Rossiya elchisini 25 may kuni chaqirtirgan edi.
BMT yig‘ilishida qariyb 50 davlat Rossiyaning Kiyevdagi xorijiy elchixonalarga tahdidlarini qoraladi. Bayonotni Ukraina vakili Andrey Melnik o‘qib eshittirdi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiyaning yangi tahdidlarini tanqid qilib, mojaroni yanada kuchaytirmaslikka chaqirdi.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali muloqot qildi. Rossiya tomoni Kiyevdagi amerikalik diplomatlarni evakuatsiya qilish tavsiya qilinganini aytdi.
24 mayga o‘tar kechasi Kiyevga qilingan hujumda madaniy muassasalar, muzeylar, kutubxonalar va ma’muriy binolar zarar ko‘rdi. Shuningdek, Germaniyaning DW va ARD telekanallari ofislari ham shikastlangan.
Ukraina Havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Ukraina bo‘ylab 90 ta raketa va 600 ta dron uchirgan. Asosiy nishon Kiyev va Kiyev viloyatidagi Bela Tserkov shahri bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:37
Rossiya yonilg‘i eksportiga yangi cheklovlar joriy etishi mumkin
09:30
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
22:22 / 26.05.2026
Kiyevga «Oreshnik» bilan hujum: navbat Zelenskiy ofisigami?
22:01 / 26.05.2026