Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
Bir guruh shaxslar o‘zaro til biriktirib, o‘nga yaqin MChJlar ochishgan va mart-aprel oylarida bu firmalar o‘rtasida 1,1 trln so‘mlik soxta aylanmani vujudga keltirib, “mijozlar”ga xarid cheklari chiqarilgan. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bu cheklar bilan 100 458 nafar fuqaroga Soliq ilovasi orqali to‘langan 35,1 mlrd so‘mni talon-toroj deb baholamoqda.
Andijon viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan “Soliq” ilovasi orqali 35,1 mlrd so‘m mablag‘ keshbek sifatida talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 6 nafar fuqaro va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro O‘.Q.ning nomiga 3 ta, fuqaro N.Yu.ning nomiga 5 ta va R.X.ning nomiga 1 ta MChJ tashkil etib, ushbu MChJlar o‘rtasida hech qanday moliyaviy aloqalar amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, 2026 yilning mart-aprel oylarida jami 1,1 trln so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalarini rasmiylashtirib, go‘yoki savdodan tushgan pul mablag‘larini kirim qilib, fuqarolarga sotilgani haqida cheklar chiqarib, jami 100 458 nafar fuqaroga “Soliq” ilovasi orqali keshbek sifatida to‘lab berilgani oqibatida 35,1 mlrd so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati soliq boshqarmasi mas’ul shaxslari va boshqalar yuqoridagi MChJlar tomonidan jami 1,1 trln so‘mlik hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilgani holatlari bo‘yicha korxonalarning QQS guvohnomalarini bekor qilish choralarini ko‘rmagan, shuningdek, shubhali operatsiyalar haqida Departamentga xabar bermagan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.
Mavzuga oid
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
12:40 / 30.05.2026
Kichik biznesga keng ko‘lamli soliq erkinliklari e’lon qilindi (batafsil)
18:31 / 26.05.2026