Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreativ industriyaga soliq yengilliklari berildi
O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mazkur sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlar va ular jalb qiladigan chet ellik hamkorlar uchun qator soliq imtiyozlari joriy etildi. Yangi tartib 2026 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvargacha amal qiladi.
«Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun (1157-son, 2026 yil 7 iyul) bilan kreativ iqtisodiyot sohasini rag‘batlantirishga qaratilgan yangi soliq imtiyozlari belgilandi.
Qonunga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvarga qadar Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Kreativ industriya parki rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarga jalb qilingan chet el kontragentlari qator soliqlardan ozod etiladi.
Xususan, ular qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), to‘lov manbaida undiriladigan foyda solig‘i hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lamaydi.
Mazkur imtiyozlar chet el kontragentlari kreativ industriya sohasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlar va xizmatlarni bajarish uchun jalb etilgan holatlarda qo‘llaniladi.
Mazkur o‘zgarishlar kreativ iqtisodiyotga xorijiy mutaxassislar va kompaniyalarni kengroq jalb qilish, sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:51 / 08.07.2026
1 foizlik soliq keshbeki bekor qilinishi mumkin
16:55 / 08.07.2026
Tekshiruvlar va noaniqlik soliq yukini og‘irlashtiryapti - ekspertlar
22:21 / 06.07.2026
“E-bozor” yagona raqamli bozor platformasi joriy etiladi
19:20 / 27.06.2026