Jahon | 08:42
1699
2 daqiqa o‘qiladi

Sobiq razvedkachi Rossiyani uzoq yillik urushlarga tayyorlanishga chaqirdi

«Rosneft» rahbari Igor Sechinning maslahatchisi Andrey Bezrukov Rossiya kelgusi bir necha yil, ehtimol o‘nlab yillar davomida urush sharoitida yashashiga to‘g‘ri kelishini bildirdi.

Foto: AP

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF)da so‘zga chiqqan siyosatshunos va «Rosneft» rahbari maslahatchisi Andrey Bezrukovning aytishicha, Rossiya kelgusi yillarda, hatto bir necha o‘n yil davomida turli shakldagi harbiy qarama-qarshiliklarga duch kelishi mumkin.

Uning ta’kidlashicha, bu to‘g‘ridan to‘g‘ri qurolli to‘qnashuvlar yoki boshqa hududlarga ko‘chgan uzoq davom etuvchi mojarolar ko‘rinishida bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Shu munosabat bilan davlat boshqaruvi va iqtisodiyotni nafaqat rivojlanish, balki mudofaa vazifalarini ham bajara oladigan tarzda shakllantirish zarurligini aytgan.

Bezrukov, shuningdek, Rossiyaga biologik xavf-xatarlar tahdid solayotganini ham iddao qildi.

Andrey Bezrukov sobiq sovet va rossiyalik razvedka xodimi bo‘lib, 2010 yilda AQShda fosh etilgan va keyinchalik Rossiyaga qaytarilgan agentlar guruhi tarkibida bo‘lgan.

Ayni paytda forumning ochilish kuni Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati dronlar hujumiga uchradi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha kishi jabrlangan, neft terminali hududida yong‘in chiqqan hamda aeroport faoliyatida vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid