O‘zbekiston | 22:18 / 04.06.2026
2646
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi

Tashabbus hudud aholisi uchun uzoq yillar davomida dolzarb bo‘lib kelgan transport muammolarini hal etishga qaratilgan.

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi Sobir Rahimov — O‘rtaovul stansiyalari oralig‘ida joylashgan, transport harakatida noqulayliklar keltirib chiqarayotgan temiryo‘l kesishmasi o‘rnida zamonaviy yo‘l o‘tkazgich qurilishi boshlandi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xabar berdi.

Qayd qilinishicha, tashabbus hudud aholisi uchun uzoq yillar davomida dolzarb bo‘lib kelgan transport muammolarini hal etishga qaratilgan. Rejaga ko‘ra, mavjud temiryo‘l kesishmasi o‘rnida uzunligi 23,6 metr bo‘lgan zamonaviy yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi.

Ta’kidlanishicha, inshoot foydalanishga topshirilgach, transport oqimining uzluksizligi ta’minlanadi, tirbandliklar sezilarli darajada kamayadi hamda aholi va haydovchilar uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid