O‘zbekiston | 17:36
696
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi

Muloqot chog‘ida cho‘llanish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, havo sifati monitoringi va boshqa mavzular muhokama qilindi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqandda o‘tayotgan Global ekologik jamg‘arma Assambleyasi doirasida 5 iyun kuni BMT Bosh kotibi o‘rinbosari – UNEP ijrochi direktori Inger Andersen hamda Global ekologik jamg‘arma bosh ijrochi direktori Klod Gaskon bilan uchrashdi.

«Muloqot chog‘ida mintaqamiz uchun g‘oyat muhim bo‘lgan masalalar: cho‘llanish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, havo sifati monitoringi, biologik xilma-xillikni asrash hamda resurslardan oqilona foydalanish mavzularini muhokama qildik.

UNEP va GEF rahbariyatiga mamlakatimizdagi «yashil» islohotlarni qo‘llab-quvvatlayotgani hamda amaliy ekologik yechimlarni ilgari surishga qo‘shayotgan hissalari uchun chuqur minnatdorlik bildirib, jamg‘armaning Samarqanddagi tarixiy Assambleyasi muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan tabriklayman», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid