Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Putinga uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinga ochiq maktub yo‘llab, urushni tugatish uchun shaxsiy uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi.
Zelenskiyning rasmiy saytida e’lon qilingan murojaatda Ukraina rahbari Rossiya prezidentiga muzokaralar uchun aniq sana belgilashni taklif etgan.
Uning ta’kidlashicha, Shveytsariya, Turkiya va arab davlatlari kabi mamlakatlar bunday uchrashuvga mezbonlik qilishga tayyor. Zelenskiyning fikricha, urush va tinchlik bilan bog‘liq asosiy qarorlar davlat rahbarlari darajasida qabul qilinadi.
Ukraina prezidenti muzokaralarga Yevropaning ayrim davlatlari ham qo‘shilishi mumkinligini bildirib, xavfsizlik kafolatlari masalasi muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etgan.
Murojaatda Zelenskiy Rossiyada urushga nisbatan charchoq kuchayib borayotganini ta’kidlab, harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirgan.
Shu bilan birga, u Rossiya rahbarini mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
08:50
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:44
Rossiya dronlari Zaporijjya va Konotopga hujum qildi
08:33
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
08:19