Jahon | 21:35 / 06.06.2026
2091
2 daqiqa o‘qiladi

Abramovich Kiyevda Zelenskiy bilan uchrashgan – ukrainalik deputat

Avvalroq Putin Zelenskiy Kiyevda rossiyalik biznesmen bilan uchrashganini aytgandi.

Roman Abramovich / Foto: EPA/UPG

Rossiyalik biznesmen, milliarder Roman Abramovich Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb ma’lum qildi Oliy rada deputati Aleksey Goncharenko o‘z Telegram-kanalida.

«Mendagi ma’lumotga ko‘ra, haqiqatan ham shunday uchrashuv bo‘lib o‘tgan va gap Roman Abramovich haqida bormoqda. U Kiyevga prezident bilan uchrashish va prezidentdan Vladimir Putinga xabar yetkazish uchun kelgan», — deb yozdi u.

Avvalroq Putin Zelenskiy Kiyevda rossiyalik biznesmen bilan uchrashganini aytgandi. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, biznesmen Zelenskiy uni Kiyevga taklif qilganini aytgan.

«Biznesmen Kiyevdan qaytdi. Men u bilan uchrashdim. Janob Zelenskiy unga uchrashuv o‘tkazishimiz kerakligini aytgan», — dedi Putin.

Avvalroq Zelenskiy Putinga ochiq maktub yo‘llab, unda Ukraina Rossiya uchun urush narxini keskin oshirishga qodirligini aytdi va uni harbiy harakatlarni tugatish uchun shaxsan uchrashishga chaqirgandi.

Putin esa unga javoban Zelenskiyni saylovga borishga chaqirib, hozircha u bilan uchrashishdan ma’no ko‘rmayotganini qayd etgan.

 

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid