Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning ayrim fuqarolari va kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan shaxslar ishtirok etgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar haqidagi xabarlar tez-tez uchramoqda.
O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi AQSh hududida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Bosh konsulxonaning qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning ayrim fuqarolari va kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan shaxslar ishtirok etgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar haqidagi xabarlar tez-tez uchramoqda.
“Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi Amerika Qo‘shma Shtatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat qonunchiligiga qat’iy rioya qilishga, mahalliy qonunlar, an’analar, madaniyat va umumqabul qilingan jamoatchilik xulq-atvor qoidalariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqiradi”, deyiladi murojaatda.
Bosh konsulxona har qanday qonunbuzarlik shaxsiy javobgarlikka sabab bo‘lishi va aksariyati qonunga itoatkor bo‘lgan, halol mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan butun o‘zbek jamoatchiligi haqidagi tasavvurga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan.
Shuningdek, O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasi o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirib o‘tgan.
“Shu bilan birga, barcha vatandoshlarimizni mas’uliyatli bo‘lishga, qonun talablariga rioya qilishga hamda huquqiy oqibatlarga olib kelishi yoki mamlakatimiz va fuqarolarimizning xorijdagi obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan tiyilishga chaqiramiz”, deyilgan bosh konsulxona murojaatida.
Mavzuga oid
08:29
Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi
08:15
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
22:15 / 05.06.2026
Tramp Eron masalasi «hal bo‘lgach» Kubadagi rejimni o‘zgartirish rejasini e’lon qildi
17:45 / 05.06.2026