Jahon | 22:26 / 07.06.2026
2010
2 daqiqa o‘qiladi

Boshlovchi bilan aytishib ketgan Tramp intervyuni to‘xtatdi

Tramp NBC, ABC, CBS va CNN telekanallarini «bir tomonlama va halol bo‘lmagan telekanallar» deb atadi.

Foto: NBC News

AQSh prezidenti Donald Tramp NBC telekanaliga berayotgan intervyusini boshlovchi bilan bahsdan so‘ng to‘xtatdi.

«Jiddiy dalillar faqat saylovlar soxtalashtirilganini ko‘rsatmoqda. Bu iflos saylovlar edi. Bu yana Kaliforniyada sodir bo‘lmoqda», — dedi AQSh prezidenti.

Telekanal jurnalisti undan buni tasdiqlovchi dalillari bor-yo‘qligini so‘radi.

«Siz saylovlar soxtalashtirilganini bilasiz. Sizning telekompaniyangiz ham ular soxtalashtirilganini biladi... Hozirgacha bo‘lganidan ham ko‘proq dalillar taqdim etilgan. Keling, bu mamlakatdagi saylovlar haqida gaplashaylik. Biz uchinchi dunyo mamlakatiga o‘xshaymiz. Sizlarning saylovlaringiz halol emas, o‘zingiz ham halol emassiz, Meet the Press (NBC telekanalidagi ko‘rsatuv) ham halol emas, xuddi ABC, CBS va CNN kabi — bir tomonlama va halol bo‘lmagan telekanallar», — deya qo‘shimcha qildi u.

Shundan keyin Tramp intervyuni yakunlashni so‘radi. Jurnalist AQSh prezidentidan suhbatni davom ettirishni iltimos qildi, ammo u o‘z qaroridan qaytmadi.

 

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid