Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul jarayonlari joriy yilning 20 iyun sanasidan start oladi. Bu yil mamlakat bo‘yicha 795 mingdan ortiq bolani 1-sinfga qabul qilish rejalashtirilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilishicha, 1-sinfga qabul jarayonlari bu yil ham ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich 20 iyundan 31 iyulgacha davom etadi. Bu davrda arizalar bolaning yashash manziliga biriktirilgan mikrohudud doirasida qabul qilinadi.
Ikkinchi bosqichda esa mikrohududdan tashqari qabul jarayonlari tashkil etiladi. Bunda o‘quvchilarni qabul qilish maktablardagi bo‘sh o‘rinlar va ta’lim muassasasining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun talablariga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda 1-sinfga qabul qilinadi. Shu bois 2026/2027 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar 2019 yil 31 dekabrga qadar tug‘ilgan bo‘lishi lozim.
6 yoshli bolalar uchun esa majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari faoliyat yuritadi.
Qayd etilishicha, maktablarga onlayn qabul jarayonlari Hukumatning 2022 yil 1 iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglament asosida amalga oshiriladi.
Mas’ullar ota-onalarga qabul jarayonlari boshlanishi arafasida zarur hujjatlarni oldindan tayyorlab qo‘yish hamda rasmiy axborot manbalarini kuzatib borishni tavsiya qilmoqda.
Mavzuga oid
09:02 / 05.06.2026
Maktab va shifoxonalarda energiya tejamkor loyihalar amalga oshiriladi
08:57 / 05.06.2026
Abituriyentlar qabuli boshlandi
08:39 / 01.06.2026
1 iyundan xususiy universitetlar abituriyentlar qabulini boshlaydi
19:44 / 24.05.2026