O‘zbekiston | 11:39
2739
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi

Elmurod Ismoilov Ilhom Sobirov o‘rniga Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi. Abdusattor Otabayev esa hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u harbiy xizmatchi hisoblangan.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Hokimlik matbuot xizmatiga ko‘ra, Elmurod Ro‘ziboyevich Ismoilov hokim o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Elmurod Ismoilov 

U bu lavozimda 2024 yil oktyabrdan buyon ishlab kelgan Ilhom Sobirov o‘rnini egalladi.

Elmurod Ismoilov 1987 yilda Asaka tumanida tug‘ilgan. 2014 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Shu kunga qadar Andijon viloyati hokimligi investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, Abdusattor Xalimjonovich Otabayev hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Abdusattor Otabayev

U 1976 yilda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan.

Hozirga qadar 51411-sonli harbiy qismi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisi vazifasida faoliyat olib borgan.

Otabayev viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimida 2021 yil mayidan buyon ishlab kelgan Rahmatullo Arziyev o‘rnini egalladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid