Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha hokimlar Toshkent viloyati tajribasini o‘rganmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy, sanoat va turizm loyihalari bilan tanishish hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida viloyatda bo‘lib turibdi.
Tanishuv dasturining dastlabki manzili Chorvoq darvozasi bo‘ldi. Mehmonlar hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, zamonaviy infratuzilma yechimlari hamda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Safar davomida hududning tabiiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yangi turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish va zamonaviy obektlarni barpo etish borasida to‘plangan tajribaga alohida e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng delegatsiya Bo‘stonliq tumanida joylashgan zamonaviy rekreatsion maskan — «Ugam River» markaziga tashrif buyurdi. Ugam daryosi sohilida, tog‘lar bag‘rida barpo etilgan mazkur majmuada yaratilgan qulay shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda sog‘lomlashtirish va dam olish imkoniyatlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Dengiz sathidan 950 metr balandlikda joylashgan «Ugam River» bugungi kunda mahalliy aholi va mamlakatning turli hududlaridan kelayotgan sayyohlar uchun ommabop dam olish maskanlaridan biriga aylanmoqda.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari «Chimyon» turistik majmuasi hududidagi «Za’faron» mehmonxonasi faoliyati bilan tanishib, mehmonlarga yaratilgan sharoitlar va servis xizmatlari darajasini ko‘zdan kechirdilar.
Tashrif dasturi doirasida hudud rahbarlari Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan «Chirchiq» kimyo-industrial texnoparki faoliyati bilan ham tanishishi rejalashtirilgan. U yerda sanoatni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganiladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur tashriflar hududlar o‘rtasida tajriba almashish, muvaffaqiyatli loyihalarni ommalashtirish hamda iqtisodiy rivojlanishning samarali modellarini keng joriy etishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
11:50
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
08:27 / 22.05.2026
Bekobodda “bangixona” tashkil qilgan jinoyatchilar fosh etildi
08:26 / 16.05.2026
Toshkent viloyatida 5 kilodan ortiq “opiy” musodara qilindi
07:34 / 05.05.2026