Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A-373 avtomagistralining bir qismida tezlik cheklovi pasaytiriladi
Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A-373 avtomobil yo‘lining 103–131-kilometrlari oralig‘ida harakat tezligi pasaytiriladi. Mazkur qaror yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qaroriga ko‘ra, A-373 “Toshkent–Ohangaron–Angren–Qo‘qon–Shahrixon–Andijon” avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi qismida transport vositalari uchun yuqori harakatlanish tezligi cheklanadi.
Qarorga muvofiq, M1, M2 va N1 toifadagi yengil hamda yengil yuk tashuvchi transport vositalari uchun maksimal tezlik 80 km/soat etib belgilanadi. N2 va N3 toifadagi og‘ir yuk transportlari uchun esa tezlik 50 km/soatgacha tushiriladi.
Hujjatda qayd etilishicha, mazkur choralar yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirishga qaratilgan.
Shuningdek, belgilangan hududlarda 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgilari hamda qo‘shimcha axborot ko‘rsatkichlari o‘rnatiladi.
Qaror 2026 yil 8 iyun kuni qabul qilingan bo‘lib, qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kirgan.
Mavzuga oid
09:00
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
11:50 / 08.06.2026
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
09:15 / 08.06.2026
Barcha hokimlar Toshkent viloyati tajribasini o‘rganmoqda
17:12 / 27.05.2026