Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
BMTning Turizm tashkiloti (UN Tourism) hisobotiga ko‘ra, 2026 yilning birinchi choragida O‘zbekistonga kelgan xalqaro sayyohlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37 foizga oshdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatni turizm sohasida eng jadal o‘sish qayd etgan davlatlar qatoriga olib chiqdi.
UN Tourism tomonidan e’lon qilingan World Tourism Barometer hisobotida qayd etilishicha, 2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston xalqaro turistik tashriflar o‘sishi bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi natija ko‘rsatgan mamlakatlardan biri bo‘lgan.
Hisobotga ko‘ra, mazkur davrda eng yuqori o‘sish Paragvayda 46 foiz, Yangi Kaledoniyada 45 foiz va Salvadorda 43 foiz bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Mo‘g‘uliston (39 foiz), O‘zbekiston (37 foiz), Palau (37 foiz), Tonga (25 foiz), Angilya (25 foiz), Irlandiya (24 foiz) va Bruney (23 foiz) qayd etilgan.
Hujjatda ta’kidlanishicha, jahon turizmi 2026 yilning birinchi choragida ham o‘sishni davom ettirgan. Ushbu davrda xalqaro turistik safarlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 foizga ko‘payib, 307 million nafarga yetgan.
Mutaxassislar fikricha, O‘zbekistonning boy madaniy merosi, tarixiy shaharlari va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar mamlakatning xalqaro sayyohlar uchun jozibadorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mavzuga oid
19:01 / 02.05.2026
Turoperatorlarning xorijdagi targ‘ibot tadbirlari uchun xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
18:02 / 27.04.2026
Kyurasao banknotasi 2025 yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi
14:41 / 20.03.2026
Turizm sohasi ishtirokchilariga yangi imtiyozlar beriladi
21:36 / 19.03.2026