Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pedagogika talabalari uchun tashqi diagnostika joriy etiladi
Pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning bilimlari endilikda tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi. Bu bo‘yicha nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Hujjatga ko‘ra, pedagogika sohasida kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim jarayoni samaradorligini baholash maqsadida talabalarning bilimlari tashqi diagnostika asosida tekshirib boriladi.
Tashqi diagnostika har o‘quv yilida bir marta pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari o‘rtasida test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. Testlar 50 ta savoldan iborat bo‘lib, ularni bajarish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanadi va maksimal natija 100 ballni tashkil etadi.
Diagnostika jarayonini tashkil etish uchun har yili sentabr oyida maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan kamida 5 nafar malakali mutaxassisdan iborat ishchi guruh tuziladi.
Tashqi diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘rtacha 56 ball va undan yuqori natija qayd etgan ta’lim yo‘nalishlari “talablarga javob beradigan”, 56 balldan past ko‘rsatkich qayd etgan yo‘nalishlar esa “talablarga javob bermaydigan” deb baholanadi.
Qayd etilishicha, tashqi diagnostika natijalari talabalarning joriy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va reyting ballariga ta’sir qilmaydi. Ushbu tizim pedagog kadrlar tayyorlash sifati holatini tahlil qilish va takomillashtirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
09:28 / 16.05.2026
O‘zbekistonlik talabalar qaysi davlatlarni tanlamoqda?
10:04 / 14.05.2026
O‘qituvchi tayyorlash sifati davlat nazoratiga olinadi
20:24 / 07.05.2026
Jahondagi ziddiyatlar: talaba-yoshlar qanday fikrda?
09:31 / 28.03.2026