Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda attraksion halokati: 4 kishi jarohatlandi
Jizzax shahridagi «O‘rda» bog‘ida attraksion odamlar uchayotgan vaqtda sinib ketdi. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 4 kishi jarohatlanib shifoxonaga yotqizilgan. Qurbonlar qayd etilmagan.
Jizzax shahridagi «O‘rda» istirohat bog‘ida attraksion bilan bog‘liq baxtsiz hodisa yuz berdi.
Voqea 10 iyun kuni taxminan kech soat 22:00 atrofida, «O‘rda» bog‘idagi «Niyatjon niyati» MChJga qarashli, «Qulash minorasi» («Bashnya padeniya») nomli 16 o‘rindiqli attraksionda ro‘y bergan.
Hodisa oqibatida 4 kishi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda attraksion sinib tushgani, fuqarolar og‘ir jarohatlangani aytiladi. Videoda yosh bola Milliy gvardiya xodimlari tomonidan zambilda olib tushilayotganini ko‘rish mumkin.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi ma’lum qilishicha, attraksion 2019 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, oxirgi texnik ko‘rik 2025 yil 5 noyabrda o‘tkazilgan.
Hodisa yuzasidan tergovga qadar dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.