Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Rossiya «yashirin floti» tankerini qo‘lga oldi
Buyuk Britaniya qurolli kuchlari ilk bor Rossiya «yashirin floti»ga mansub bo‘lgan tankerni qo‘lga oldi. Bu haqda bosh vazir Kir Starmer hamda mamlakat mudofaa vazirligi xabar bergan.
Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida bo‘lgan ushbu kema La-Mansh bo‘g‘ozi orqali o‘tishga uringanida to‘xtatilgan.
Qirollik floti kuchlari ishtirokida tankerni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot olti soat davom etgan. 14 iyun kuni tongida Buyuk Britaniya harbiylari, jumladan, Qirollik dengiz piyodalari kommandos bo‘linmasi Kamerun bayrog‘i ostida suzayotgan «Smirtos» (Smyrtos) tankeri bortiga ko‘tarilgan.
Hozirda tanker Angliya janubiy sohiliga olib borilgan va langar tashlagan. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi u bilan bog‘liq ravishda ekologik muammolar yoki xavfsizlikka tahdid yuzaga kelmasligini nazorat qilishini bildirgan.
Kir Starmer ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maxsus topshiriqli bo‘linma jangchilari tomonidan olingan kadrlarni namoyish etgan.
«Ushbu muvaffaqiyatli operatsiya Rossiya uchun navbatdagi zarba bo‘ladi va Putinning Ukrainadagi urushini qo‘llab-quvvatlayotganlarga biz ularning yashirinishiga yo‘l qo‘ymasligimizni eslatadi», – degan Starmer.
«Yashirin flot»ga mansub tankerlar g‘arb sanksiyalarini aylanib o‘tgan holda Rossiya neftini tashish bilan shug‘ullanadi. Yevropa mamlakatlari bunday kemalarni bir necha bor qo‘lga olgan, ammo ko‘p holatlarda kemalar tekshiruvlardan keyin qo‘yib yuborilgan.
Iyun oyi boshida Fransiya harbiy-dengiz kuchlari ham Atlantika okeanida Rossiya «yashirin floti»ga aloqadorligi aytiladigan «Tagor» (Tagor) neft tankerini qo‘lga olgandi. Tanker xalqaro sanksiyalar ostida bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026