O‘zbekiston | 21:16
11185
2 daqiqa o‘qiladi

Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi

Illyustrativ foto

15 iyunga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi Eyvalak mahallasida ichki ishlar xodimlariga pichoq bilan hujum qilindi. Kun.uz manbasiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida ikki xodim tan jarohati olgan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, hududda xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati xodimlari bir guruh mast kishilarni ko‘rib qolgan va ularni tartibga chaqirib, jarima yozmoqchi bo‘lishgan. Voqea joyida tortishuv yuzaga kelgan va fuqarolardan biri pichoq bilan hamla qilib, profilaktika inspektoriga tan jarohati yetkazgan.

Voqea joyiga yetib kelgan boshqa xodimlar himoyalanish maqsadida qurol qo‘llagani aytilmoqda.

Kun.uz ixtiyoridagi hujjatda aytilishicha, shu tumanda yashab kelgan 34 yoshli erkak gumonlanuvchi sifatida qidirilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi, qasddan odam o‘ldirishga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozircha Bosh prokuratura va IIV bu holat bo‘yicha rasmiy xabar bermadi, Kun.uz’ning bu boradagi so‘rovlari ham javobsiz qoldirilmoqda.

Дилшод Абдуқодиров
Tayyorlagan Дилшод Абдуқодиров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid