Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba berdi – fotolar
Rossiya hujumi vaqtida Kiyevda YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Kiyev-Pechersk lavrasida yong‘in chiqqan. Ukraina cherkovi rahbari Putinni «Kreml dajjoli» deb atadi.
Rossiya 15 iyunga o‘tar kechasi 70 ta raketa va 600 dan ortiq dron bilan Kiyev, Xarkiv va Dnipro bo‘ylab hujum uyushtirdi. Kiyev meri Vitaliy Klichkoga ko‘ra, shaharda besh kishi halok bo‘lib, 30 dan ortiq kishi jarohat olgan. Ukraina poytaxtining deyarli barcha hududlarida, jumladan, markazda vayrongarchiliklar qayd etilgan.
Hujum oqibatida Kiyev-Pechersk lavrasida yong‘in chiqqan – Uspenskiy sobori yonib ketgan. Cherkov xizmatchilari lavra hududidan ikonalar va yodgorliklarni olib chiqib, ularni yong‘indan saqlab qolishga harakat qilishgan. Bir necha soat o‘tib yong‘in o‘chirildi, qimmatbaho buyumlar saqlab qolindi.
Lavra bosh direktori Maksim Ostapenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan ikkita maqsadli zarba berilgan. Tungi soat 1:30 atrofida dronlardan biri sobor markaziga kelib urilgan, shundan so‘ng gumbaz va yuqori qavatlarni qamrab olgan yong‘in boshlangan. Ikkinchi zarba Ioann Kushnik minorasi va lavra qarshisida joylashgan «Mistetskiy arsenal» muzey majmuasi binosiga kelib urilgan.
Ukraina pravoslav cherkovi rahbari Yepifaniy Kiyev bo‘ylab zarbani «Rossiyaning insoniyatga, tarixga, xristianlikka qarshi navbatdagi jinoyati», Vladimir Putinni esa «Kreml dajjoli» deb atadi. Ukraina pravoslav cherkovi vakili, Nejinskiy va Prilutskiy mitropoliti Kliment «bu shunchaki tarixiy inshoot emas, balki xristianlarning buyuk ziyoratgohi bo‘lgani»ni ta’kidlagan. «Bu oqshom Uspenskiy soborida qolgan yaralar allaqachon barcha axloqiy chegaralarni bosib o‘tgan urushdan yaralangan butun Ukraina xalqining chuqur fojiasini aks ettiradi», – dedi Kliment.
Lavra bo‘ylab berilgan zarbani Yevropa mamlakatlari yetakchilari va vazirlari – jumladan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron qoraladi. «Rossiyaning Ukrainaga qarshi to‘rt yildan ortiq davom etayotgan tajovuzkor urushi kabi, jahon madaniy merosiga qilingan bu hujumni ham aslo oqlab bo‘lmaydi», – deya yozgan u.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
YuNeSKOdagilar zarba Uspenskiy soborining tashqi va ichki qismiga sezilarli zarar yetkazganini ma’lum qildi. Shuningdek, yaqin atrofdagi tarixiy inshootlar, jumladan, lavraning istehkom majmuasi elementlari va Ivan Kushnik minorasi ham zarar ko‘rgan.
Oleksii Filippov / AFP / Scanpix / LETA
Oleksii Filippov / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevda Uspenskiy soboridan tashqari boshqa madaniy obektlar ham zararlangan:
- «Mistetskiy arsenal» milliy madaniy-badiiy va muzey majmuasi. «Mistetskiy arsenal» binosi lavra qarshisida joylashgan. Uning hududida ham yong‘in chiqqan. Zarar miqdori hozircha hisoblab chiqilmagan.
- Dovjyenko nomidagi milliy kinostudiya. Hujum natijasida kiyim-kechak sexiga zarar yetdi. «Ukrainaning eng katta va eng qadimiy kostyumlar kolleksiyasi yo‘q qilindi. Studiyada 100 mingga yaqin kostyum va uch million dona kiyim-kechak bor edi», – deya bayonot berdi Ukraina madaniyat vaziri – bosh vazirning gumanitar siyosat bo‘yicha o‘rinbosari Tatyana Berejnaya. Kinostudiya bosh direktori Andrey Donchikning so‘zlariga ko‘ra, binoda Sergey Parajanovning «Unutilgan ajdodlar soyasi», «Yo‘qolgan yorliq» va «Bogdan Xmelnitskiy» kabi tarixiy filmlari foydalanilgan liboslar saqlangan.
Rossiya mudofaa vazirligi lavra binolari majmuasiga Amerikaning Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi tushganini da’vo qilgan. Bu versiya uchun dalil taqdim etilmagan. Rossiya harbiy idorasidagilar havo hujumidan mudofaa tizimi ishidagi xatolikka g‘arb mamlakatlari Kiyevga «juda eskirib ketgan raketalarni o‘tkazayotgani» sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina xavfsizlik xizmati esa Kiyev-Pechersk lavrasiga «Geran-2» dronlari bilan zarba berilganini ma’lum qildi – Rossiya armiyasida Eron tomonidan yetkazib berilgan Shaheed dronlari bazasida yig‘iladigan dronlarni shunday atashadi. UXX voqea joyidan topilgan dron qoldiqlarini tahlil qilish asosida shunday xulosaga kelgan. Dron qoldiqlari suratlari Ukraina xavfsizlik xizmati telegram-kanalida e’lon qilingan.
Xarkiv va Dnipro ham Rossiya hujumlaridan jabr ko‘rgan. Xarkivda yong‘inni o‘chirish chog‘ida rossiyalik harbiylar tomonidan yo‘llangan takroriy zarba oqibatida Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining besh nafar qutqaruvchi halok bo‘lgan, yana kamida besh nafar qutqaruvchi yaralangan. Dniproda zarba oqibatida Organ va kamer musiqasi uyi binosi shikastlangan.
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Anna Voitenko / Reuters / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Volodimir Zelenskiy 15 iyun tongida bosh vazir o‘rinbosari Yuliya Sviridenko hamda ichki ishlar vaziri Igor Klimenko bilan birga Kiyev-Pechersk lavrasiga tashrif buyurdi. U shaharning lavra va «Mistetskiy arsenal» binolari joylashgan qismiga rossiyaliklarning ikkita droni maqsadli ravishda hujum qilganini ta’kidlagan. «Putin butkul surbetlik bilan Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba yo‘lladi. O‘ylaymanki, ular [rossiyaliklar] Trampni [tug‘ilgan kuni bilan] tabriklashdan oldin buni qilmaslik uchun raketalarni to‘plab, sabr qilishgani tasodifiy emas», – deya qo‘shimcha qilgan Ukraina prezidenti. U tungi hujumdan keyin Putinga qanday so‘zlari borligi haqidagi savolga javoban shunday degan: «Biz buni hali aytamiz».
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026