Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent xalqaro moliya markazi bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonun kutilmoqda
O‘zbekistonda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Davlat rahbari so‘nggi yillarda investorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar davlat siyosati va qonunchilikda o‘z aksini topayotganini ta’kidladi.
«Yaqinda O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Xalqaro investitsiyalar va ko‘p millatli korxonalar to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga qo‘shilishi e’lon qilindi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinishi kutilmoqda. Bularning barchasi g‘oyalaringiz amaliyotda izchil tatbiq etilayotganining yorqin dalilidir», — dedi prezident.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan davrda Xorijiy investorlar kengashi huzuridagi ishchi guruhlar tomonidan investorlar uchun 50 dan ortiq uchrashuv va muhokamalar tashkil etildi.
Ularda muqobil investitsiya jamg‘armalari, garov qonunchiligi, mas’uliyatli biznes yuritish, professional kadrlar tayyorlash, soliq ma’murchiligi, yer ajratish va energetika sohalaridagi dolzarb masalalar xorijiy investorlar hamraisligida atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
18:26 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi
18:23 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘mon bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
12:40 / 18.06.2026