Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina zarbalaridan keyin Sevastopol elektrsiz qoldi
21 iyunga o‘tar kechasi ukrain dronlari Kerchenskiy parom kechuviga, shuningdek, Kavkaz va Kerch dengiz portlariga hujum qildi. «Panagiya» paromiga hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lib, yana bir kishi yaralangan, deb xabar beradi Krasnodar o‘lkasi operativ shtabidagilar. Hujumdan keyin paromlar orqali yuk tashish to‘xtatilgan. Opershtabdagilar katta yuk tashuvchi avtomobillar haydovchilariga R-280 trassasidan Rostov-Don, Taganrog, Mariupol, Melitopol va Simferopol orqali o‘tishni tavsiya qilgan.
Exilenova+
Kerch yarimorolida (bu Qrimning sharqiy qismi) ukrain dronlari hujumi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, 28 kishi yaralandi, deb xabar berdi Qrimning Rossiya tomonidan tayinlangan rahbari Sergey Aksenov. U tafsilotlarni keltirmagan, odamlar qanday sharoitda va aynan qayerda halok bo‘lgani ma’lum emas.
Exilenova+
Sevastopolda radioelektron kurash kuchlari tomonidan ishdan chiqarilgan dronlardan biri shahar markazidagi ko‘p qavatli turar joy binosi tomiga qulab tushdi, deya xabar berdi shaharning Rossiya tomonidan tayinlangan gubernatori Mixial Razvojayev. Uning qo‘shimcha qilishicha, hudud o‘rab olingan, odamlar evakuatsiya qilingan, jabrlanganlar yo‘q.
Hujumlardan so‘ng Qrimning bir qismi elektr tarmoqlaridagi «texnologik shikastlanishlar» tufayli elektr ta’minotidan uzildi, deb xabar berdi «Qrimenergo» kompaniyasi matbuot xizmati. Avariya-tiklash ishlari olib borilayotgani qo‘shimcha qilingan. Bu Ukraina zarbalari bilan bog‘liqmi yoki yo‘qmi, noma’lum.
Sevastopolda elektr energiyasini vaqtincha o‘chirish jadvali joriy etildi – Mixail Razvojayev buni shahar tashqarisidagi «elektr tarmoqlariga haddan tashqari yuklama tushishini bartaraf etish zarurati» bilan izohlagan. Oradan bir soat o‘tgach, u ortiqcha yuklama bartaraf etilgani, aksariyat rayonlarda elektr ta’minoti yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berdi. «Sevastopolenergo» kompaniyasi kanalida e’lon qilingan uzilishlar jadvalidan ma’lum bo‘lishicha, 22 iyundan 26 iyungacha bir qator manzillarda kunduzi elektr ta’minoti bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, 21 kuni ertalabki soat 9 dan Qrimdagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin sotilishi to‘xtatildi – naqd va naqdsiz to‘lovga ham, talonlar orqali ham (may oyi oxirlarida yoqilg‘ini faqat talon bo‘yicha sotish, shunda ham bir kishiga bir kunda 20 litrdan ortiq benzin sotmaslik bo‘yicha cheklov joriy etilgandi). Sergey Aksenov yoqilg‘i faqat «Qrim respublikasidagi hayot va xavfsizlikni ta’minlaydigan» davlat xizmatlari uchungina berilishini e’lon qilgan.
Rossiya hukumatining rasmiy xabarlarida hujum oqibatlari haqida amalda hech narsa deyilmagan. Ukrainadagi telegram-kanallar FIRMS (Fire Information for Resource Management System) tizimi ma’lumotlari hamda guvohlar tomonidan yuborilgan kadrlarga tayanib, Kavkaz va Kerch portlarida (Qrim ko‘prigidan bir kilometrga yaqin masofada), shuningdek, harbiy qismlarda chiqqan yong‘inlar haqida xabar bergan.
Ukraina qurolli kuchlarining maxsus operatsiyalar kuchlari tungi hujum natijasida Kerchdagi neft terminali zarar ko‘rganini ma’lum qildi, bu terminal temiryo‘l, rezervuarlar va tankerlar o‘rtasida neftni tashilishini ta’minlaydi, shuningdek, kemalarga yoqilg‘i quyish va parom kechuvi faoliyatini ta’minlashda foydalaniladi.
Volodimir Zelenskiy Qrim ko‘prigining har ikki tomonidagi obektlar (ular Krasnodar o‘lkasida neft dengiz orqali tashilishini ta’minlagan), shuningdek, S-400 komplekslari tarkibidagi to‘rtta radar stansiyasi va ikkita «Pansir» kompleksiga zarba berilgani haqida yozgan.
Mavzuga oid
16:09 / 21.06.2026
Kiyev va Varshava o‘rtasida – «ordenlar urushi» ketmoqda
13:34 / 21.06.2026
Qrimda benzin sotish to‘xtatildi
09:24 / 20.06.2026
Zelenskiy Polshaning eng oliy ordenidan mahrum etildi
22:13 / 19.06.2026