Jamiyat | 08:45
986
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi

Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari aniqlanib, musodara qilindi.

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari hamkorligida Buvayda tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Marg‘ilon – Buvayda yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirildi. Natijada, avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qo‘shtepa tumanida yashovchi shaxsning yonidan 1 kilogramm 187 gramm «gashish» moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi, ichki ishlar va bojxona organlari hamkorligida Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1995 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsning yonidan hamda vaqtincha yashash manzilidan jami 620 gramm «gashish» va 297 gramm «mefedron» giyohvandlik vositalari musodara qilindi.

Tergovga qadar aniqlanishicha, mazkur narkotik moddalar Rossiyadan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid