Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
O‘nlab uylar vayron bo‘lgan, 16 kishi jarohat olgan.
Sverdlovsk oblastida 22 iyun kuni kechqurun quyun kuzatildi. Mazkur tabiat hodisasini dastlab Malaya Laya qishlog‘ida kuzatishgan. «Hammayoq vayron bo‘ldi. Ustimizga bostirib kelyapti!» – deydi guvohlardan biri ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda. Keyin quyun kuchaygan va Kushva shahrigacha yetib borgan, aynan ushbu hudud hodisadan eng ko‘p jabr ko‘rgan. FVV xabariga ko‘ra, 27 ming atrofida aholi istiqomat qiluvchi Kushva shaharchasida 99 ta xususiy uy shikastlangan, 32 tasi butkul vayronaga aylangan. 16 kishi jarohat olgan, ulardan biri qo‘li singan holatda Nijniy Tagildagi shifoxonaga olib borilgan. Elektr uzatish liniyalari shikastlanishi oqibatida bir necha ming iste’molchi elektrsiz qolgan. Ichimlik suv ta’minotida ham uzilishlar yuzaga kelgan.
Kushvada xavfsizlik nuqtayi nazaridan gaz uzatish ham o‘chirilgan. Shaharda favqulodda holat rejimi e’lon qilinib, odamlarni vaqtincha joylashtirish punktlari ochilgan. Shahardagi pabliklarda kommunal xizmatlar vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga ulgurmayotgani tufayli aholidan ko‘chalarni tozalashda yordam ko‘rsatishga chaqirilgan murojaatlar e’lon qilingan.
«Vedomosti» nashri yozishicha, meteorologlar bunday noodatiy tabiat hodisasi boshqa regionlarda ham ro‘y berishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Olimlar fikricha, buning sababi – «momaqaldiroqlarni kuchliroq, bo‘ronlar va jalalarni shiddatliroq qiladigan ekstremal atmosfera jarayonlari ko‘payishidir».
Quyida Sverdlovsk oblastida ro‘y bergan quyun hodisasi oqibatlari aks etgan fotolar keltiriladi.

Mavzuga oid
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55
Rossiyada benzin sotuviga cheklovlar kengaymoqda
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026