O‘zbekiston | 17:43
566
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning 4 ta tumanida soliq inspeksiyalari rahbarlari o‘zgardi

Toshkentning Olmazor, Uchtepa, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlari soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi.

Toshkent shahrining to‘rt tumanidagi soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, tayinlovlar davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, rahbar kadrlar salohiyatidan unumli foydalanish hamda kadrlar zaxirasini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan.

Soliq qo‘mitasi raisi tomonidan 22 iyun kuni imzolangan tegishli buyruqqa muvofiq, Jamshid Ashurovich Ergashov Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jamshid Ergashov

Shuningdek, Laziz Rustamovich Nasirov Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Hamdam Hakimboyevich Rajabov Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Habibulla Tojiyevich Inomov esa Toshkent shahri Olmazor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Soliq qo‘mitasi tizimda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega, tashabbuskor va malakali mutaxassislarni rahbarlik lavozimlariga ilgari surish bo‘yicha ishlar davom etayotganini qayd etgan.

Ushbu tayinlovlar davlat boshqaruvida ochiqlik, samaradorlik va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi tizimni shakllantirishga qaratilgan kadrlar siyosati doirasida amalga oshirilgani ta’kidlangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid