Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği bilan Abrorjon Alijon öğli Alijonov Namangan viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Abrorjon Alijonov 2003 yilda Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2006 yilda mazkur oliy öquv yurtining magistratura bosqiçlarini tamomlagan.
Turli yillarda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filialida jarroh, bölim boşliği, boş şifokor örinbosari hamda direktor, şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligi Nazorat inspeksiyasi boşliği kabi mas’ul vazifalarda işlagan.
Tibbiyot fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) A. Alijonov tayinlovga qadar vazirlikning Tibbiy yordamni taşkillaştiriş departamenti boşliği lavozimida işlagan.
Viloyat SSBga 2020 yildan buyon Abdilxodi Iminov rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yöq.













