Biznes | 18:28
799
1 daqiqa o‘qiladi

SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi

Ilon Maskning boyligi, Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, 1 trillion dollardan pastga tushib, 957 milliard dollarni tashkil etdi. Bu uning SpaceX kompaniyasi aksiyalari birja narxining pasayishi tufayli sodir bo‘ldi.

Foto: Getty Images

23 iyun kuni savdo sessiyasi yopilishiga kelib, ilgari 225 dollarga yetgan SpaceX aksiyalari 156 dollarga sotildi. 24 iyun kuni asosiy birja sessiyasi ochilishidan oldingi savdolarda SpaceX aksiyalari narxi pasayishda davom etdi.

SpaceX aksiyalari savdosi 12 iyun kuni birjada har bir aksiya uchun 150 dollar narxdan boshlandi. Shunday qilib, kompaniyaning bozor kapitallashuvi 2 trillion dollardan oshdi va Mask tarixdagi birinchi trillionerga aylandi.

Bloomberg Billionaires Index’dan farqli o‘laroq, Forbes jurnali hamon Maskni trillioner deb hisoblaydi va uning boyligini 1,1 trillion dollarga baholamoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid