Jahon | 17:18
6729
5 daqiqa o‘qiladi

Yevropada noodatiy jazirama kuzatilmoqda – suratlar

Yevropa Afrikadan kirib kelgan ekstremal issiqlikni boshdan kechirmoqda.

So‘nggi hafta davomida G‘arbiy Yevropa aholisi anomal issiqning navbatdagi to‘lqinini boshdan kechirdi. Aksar hududlarda havo harorati 30 darajadan yuqori bo‘lgan, ayrim joylarda 40 darajadan ham oshgan.

Xususan, Buyuk Britaniyada iyun oyi uchun rekord darajadagi yuqori harorat qayd etildi, Ispaniya va Fransiya uchun esa 23 va 24 iyun kunlari kuzatuvlar tarixidagi eng issiq kunlarga aylandi.

Fransiyada bir haftaga yaqin vaqt ichida 40 dan ortiq kishi cho‘kib ketgan. Umuman, bu kunlarda mamlakatda 1000 ta ortiqcha o‘lim holati qayd etilgan. O‘lim holatlarining aksari 65 yoshdan katta kishilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qariyalar uylari va shifoxonalardan qo‘shimcha ma’lumotlar kelishi hisobiga bu raqamlar yanada oshishi kutilmoqda.

Italiya, Germaniya va Shveytsariyada yuqori harorat tufayli xavf haqida ogohlantirishlar berilmoqda. Bir qancha mamlakatlarda transport faoliyati izdan chiqqan, ochiq havodagi tadbirlar hamda maktablardagi mashg‘ulotlar bekor qilinmoqda.

Hozirda issiq havo sharq tomon harakatlanmoqda. Prognozlarga ko‘ra, keyingi ikki hafta mobaynida issiq havo Yevropaning markaziy qismi va Bolqon mamlakatlariga ham tarqalishi kutilmoqda.

Yevropa haddan tashqari issiq kunlarni boshdan kechirmoqda, bu esa Yevropa bozorlarida elektr energiyasi narxi sezilarli darajada – qish o‘rtalariga xos darajagacha oshishiga olib keldi.
Foto: Clara Margais/picture alliance via Getty Images
Parijdagi Trokadero maydonida soyabon tutib yurgan sayyohlar, 2026 yil 18 iyun
Jerome Gilles / NurPhoto / Getty Images
London markazidagi Kings-Kross vokzalida odamlarga suv tarqatilmoqda, 2026 yil 24 iyun
Toby Shepheard / AFP / Scanpix / LETA
Bordodagi fontanda issiqdan jon saqlayotgan kishi, 2026 yil 22 iyun
Philippe Lopez / AFP / Scanpix / LETA
Shveytsariyadagi fermada ishga tushirilgan sovuq tuman generatori, 2026 yil 23 iyun
Fabrice Coffrini / AFP / Scanpix / LETA
Rimdagi Kolizey fonida soyabon tutib turgan sayyohlar, 2026 yil 19 iyun
Guglielmo Mangiapane / Reuters / Scanpix / LETA
Londondagi Sautbenk sohilida yurgan sayyohlar, 2026 yil 24 iyun
Richard Baker / In Pictures / Getty Images
Madriddagi hovuz, 2026 yil 23 iyun
Oscar del Pozo / AFP / Scanpix / LETA
Parijdagi Sen-Marten kanaliga sakrayotgan odamlar, 2026 yil 22 iyun
Joel Saget / AFP / Scanpix / LETA
Tuluzadagi shifoxonada issiq urgan bemorni ko‘zdan kechirayotgan shifokor, 2026 yil 23 iyun
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA

 

Berlindagi fontanlardan birida salqinlanayotgan kishi, 2026 yil 19 iyun
Halil Sagirkaya / Anadolu / Getty Image
Yevropaning katta qismiga ta’sir qilgan «issiqlik gumbazi» deb ataladigan yuqori bosimli hudud shamol tezligi pasayishiga olib keldi va qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishni chekladi.
Foto: Peter Byrne/PA Images via Getty Images
Londonda transport tarmog‘ida jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda, bu qisman ekstremal ob-havo tufayli yuzaga kelgan.
Foto: Richard Baker / In Pictures via Getty Images
Italiyaning qator hududlarida havo harorati juda yuqoriligicha qolmoqda, hatto tungi soatlarda ham 27-29 darajadan oshadi.
Foto: Enrico Mattia Del Punta/NurPhoto via Getty Images
Yevropaning eng yirik energiya bozori bo‘lgan Germaniyada jazirama tufayli elektr energiyasining ulgurji narxlari keskin ko‘tarilgan
Foto: Kay Nietfeld/dpa (Photo by Kay Nietfeld/picture alliance via Getty Images
Niderlandiya hukumati kuchli jazirama haqida to‘q sariq ogohlantirish e’lon qildi: bu hafta harorat 35 darajagacha ko‘tarilgan, bu mavsumiy me’yordan ancha yuqori.
Foto: Pierre Crom/Getty Images
Germaniyaning ayrim qismlarida, jumladan, Gessenda havo harorati 38 darajaga chiqqan
Foto: Andreas Arnold/picture alliance via Getty Images
Ispaniyaning ayrim hududlarida havo harorati 40 darajadan oshgan
Foto: Marcelo del Pozo/Getty Images
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid