Jahon | 00:14
1339
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil hukumati Usmoniy imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saarning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar mahkamasi bu boradagi rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qullagan.

Foto: REUTERS

Turkiya hukumati 1915-1916-yillarda Usmoniy imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani ma’qulladi. Bu haqda tashabbus muallifi, Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar ma’lum qildi.

Endi loyihani ovoz berish uchun Knessetga kiritish rejalashtirilmoqda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar mahkamasi rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qullagan.

“Isroil tarixiy haqiqatni tan olib o‘z axloqiy burchini bajargan mamlakatlar safiga qo‘shiladi”, deb ta’kidladi Gideon Saar.

Uning aytishicha, bu Turkiyaning Isroilga nisbatan oshkora dushmanligiga qarshi qaratilgan “qasos” emas.

“Bu axloqiy va tarixiy burchdir”, dedi Saar.

Birinchi jahon urushi yillarida Usmoniy imperiyasining arman aholisi ommaviy ravishda o‘ldirilishi va deportatsiya qilinishi armanlar genotsidi deb nom olgan. Bugungi kunda arman genotsidini davlat darajasida 34 ta mamlakat tan oladi - asosan G‘arb va nasroniylar. Usmoniy imperiyasining huquqiy vorisi bo‘lgan Turkiya 1,5 milliongacha odamning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan ommaviy qirg‘inlar va deportatsiyalarni genotsid deb tan olishdan bosh tortmoqda va qurbonlar soni kamligini ta’kidlab kelmoqda.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid