Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud Plenumining majlisi birinchi marta jonli efirga uzatiladi
2026 yil 3 iyul kuni soat 10:00 da Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqiladigan tadbir Oliy sudning Interaktiv xizmatlari portali orqali jonli efirga uzatiladi.
2026 yil 3 iyul kuni soat 10:00 da Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, majlisda Oliy sud Plenumining
-
“Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish amaliyoti to‘g‘risida",
-
"Fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlar tomonidan da’voni ta’minlash (dastlabki himoya) choralarini ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida",
-
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari loyihalari ko‘rib chiqiladi.
Birinchi marotaba Plenum majlisi Oliy sudning Interaktiv xizmatlari portali orqali jonli efirga uzatiladi.
Mavzuga oid
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
21:08 / 22.06.2026
Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart - Saida Mirziyoyeva
20:11 / 18.06.2026
Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etiladi
19:00 / 19.05.2026