O‘zbekiston | 20:46 / 02.07.2026
1860
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyevning Gurjistonga rasmiy tashrifi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 iyul kuni davlat tashrifi bilan Gurjiston poytaxti Tbilisi shahriga bordi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Gurjiston bosh vazirining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Tbilisi shahrida Gurjiston prezidentining qarorgohi – Orbeliani saroyida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarini Gurjiston prezidenti Mixail Kavelashvili qarshi oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi. Shu bugun ikki davlat prezidenti muzokara o‘tkazadi.

3 iyul kuni O‘zbekiston yetakchisi Gurjiston bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid