Jamiyat | 10:50
1097
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ayollar umr ko‘rish bo‘yicha erkaklardan oldinda

2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 4,4 yil uzoqroq umr ko‘rmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2025 yilda mamlakatda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshga yetgan.

Jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 77,3 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, erkaklarniki 72,9 yosh bo‘lgan.

Shu tariqa, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 4,4 yil uzoqroq umr ko‘rmoqda.

Avvalroq Milliy statistika qo‘mitasi mamlakat aholisining o‘rtacha yoshiga oid ma’lumotlarni ham e’lon qilgan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 0–4 yoshli bolalar soni 4 million 607 ming 149 nafarni tashkil etgan. Bu eng yirik yosh guruhlaridan biri hisoblanadi.

5–9 yoshdagilar soni 3 million 859 ming 606 nafar, 10–14 yoshdagilar 3 million 406 ming 515 nafar, 15–19 yoshdagilar esa 3 million 155 ming 802 nafarni tashkil qilgan.

20–24 yosh toifasida 2 million 662 ming 250 nafar, 25–29 yoshdagilar orasida 2 million 649 ming 263 nafar, 30–34 yosh guruhida esa 3 million 167 ming 974 nafar aholi qayd etilgan.

Shuningdek, 35–39 yoshdagilar soni 3 million 90 ming 226 nafar, 40–44 yoshdagilar 2 million 687 ming 261 nafar, 45–49 yoshdagilar 2 million 242 ming 676 nafarni tashkil etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid