O‘zbekiston | 10:12
1691
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev bugun Sergeli tumaniga tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahrining Sergeli tumaniga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishadi. Shuningdek, poytaxtni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif doirasida davlat rahbari Sergeli tumanida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, amalga oshirilgan investitsiya va infratuzilma loyihalari bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sifatini yanada yaxshilash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda bu boradagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid