Jahon | 12:29
1124
2 daqiqa o‘qiladi

Chitada benzin urush faxriylariga navbatsiz quyib berilmoqda

Regiondagi oddiy aholi esa zapravkalar atrofida kunlab navbat kutmoqda.

Yevgeniy Yepanchinsev / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia

BRK va «Kors» yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i avtomobillarga navbatsiz yoqilg‘i quyish mumkin bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu ro‘yxatga Rossiyaning Ukrainaga bosqini ishtirokchilari va ularning oila a’zolari ham kiritilgan, deb xabar bermoqda «Chita.ru».

Bungacha zapravkalarda faqat birinchi va ikkinchi guruh nogironlari navbatdan tashqari benzin quydirishi mumkin edi, endi bunday kishilar toifasi kengaytirildi, deya qayd etadi nashr.

Shu bilan birga, BRK va «Kors»ning Chitadagi zapravkalarida bitta avtomobil uchun 15 litrdan ortiq benzin quyish taqiqlangan.

May oyida ukrain dronlari Rossiyaning turli chekkalaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berish kampaniyasini boshlashi oqibatida mamlakatda yoqilg‘i inqirozi yuzaga keldi. Benzin taqchilligi tufayli rossiyaliklar zapravkalar atrofida soatlab navbat kutishmoqda. Baykalorti hududi vaziyat eng og‘ir bo‘lgan hududlardan biriga aylangan. Manbalarga ko‘ra, bu hududdagi zapravkalarda haydovchilar 40 soatgacha navbat kutishgan. 3 iyulga kelib vaziyat biroz yaxshilangan va navbat kutish vaqti 18-25 soatgacha qisqargan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid