Rossiyaning Novosibirsk oblastida yoqilği bilan boğliq vaziyat oğirligiça qolmoqda: hududdagi avtomobillarga yoqilği quyiş stansiyalarining bir qismi işlamayapti, işlayotgan zapravkalar atrofida esa ulkan navbatlar hosil bölgan, deb xabar berdi hudud gubernatori örinbosari Oleg Klemeşov.
4 iyul tongida mahalliy rasmiylar «Gazpromneft» tarmoğiga tegişli avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarida birinçi navbatda davlat xizmatlari, tez yordam avtomobillari hamda jamoat transporti uçun benzin quyişga körsatma bergan.
Klemeşov 4 iyul kuni kunduzi bir neça soat davomida «Gazpromneft»ning Novosibirsk, Berdsk va Iskitimdagi töqqizta zapravkasida birinçi navbatda 24 soat davomida işlovçi favqulodda xizmatlarning maşinalariga ustuvorlik berilişidan ogohlantirgan.
Uning sözlariga köra, «Gazpromneft» benzin quyiş nuqtalarini oşiriş maqsadida operatorlar bölmagan stansiyalarning bir qismini qaytadan işga tuşirgan.
3 iyul kuni bir neça soat mobaynida Novorossiyskdagi barça zapravkalarda benzin butunlay tugab qolgandi. Faqat kunning ikkinçi yarmiga kelib ayrim zapravkalarda yoqilği kartalariga ega bölganlar uçun benzin sotilişi tiklandi.
Novorossiyskda yoqilği bilan boğliq muammolar 10 iyun kuni boşlangandi. Iyul oyi boşiga kelib şahar aholisi işlayotgan zapravkalar atrofida soatlab navbat kutişga majbur böla boşladi.
93.ru naşri Novorossiyskda yaşovçilardan biriga asoslanib yozişiça, yoqilği inqirozi tufayli şahardagi haydovçilar konditsionerlarni işlatmay qöyişgan, taksi narxlari kötarilgan, köçalarda esa maşinalar soni keskin kamaygan.
Joriy yil may oyida Ukraina armiyasi Rossiyaning turli hududlaridagi neftni qayta işlaş zavodlariga hujumlarni kuçaytirgaç, Rossiyada yoqilği inqirozi yuzaga keldi. Iyul oyiga kelib mamlakatning deyarli barça hududlarida yoqilği mahsulotlari sotuvida çeklovlar joriy etilgan. Benzin taqçilligi tufayli köplab rossiyaliklar zapravkalarda soatlab, ba’zida kunlab navbat kutişga majbur bölmoqda.












