Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irkutsk oblastidagi kemachilik kompaniyasi yoqilg‘i yo‘qligi uchun reyslarni bekor qildi
Irkutsk oblastidagi eng yirik kemachilik kompaniyasi hisoblangan «Sharqiy Sibir daryo paroxodchiligi» (VSRP) yoqilg‘i inqirozi tufayli muntazam va ekskursiya reyslarini qisqartirmoqda va chiptalar narxini oshirmoqda.
Kompaniya bayonotida mavjud yoqilg‘i «ijtimoiy ahamiyatga ega transport majburiyatlarini bajarish»ga yo‘naltirilishi ma’lum qilingan. Kemachilik kompaniyasi subsidiyalangan yuk tashish hamda parom orqali tashishni amalga oshirishga ustuvorlik qaratgan.
«Sharqiy Sibir daryo paroxodchiligi» Irkutsk oblasti va Buryatiyada yiliga 600 mingga yaqin yo‘lovchi va ikki million tonnaga yaqin yuk tashiydi. Kompaniyada 17 ta reys yo‘nalishi, shuningdek, to‘rtta parom yo‘nalishi mavjud: bular MRS posyolkasi – Olxon oroli, Listvyanka – Baykal porti, Balagansk – Igjyey hamda Svirsk – Kamenka.
Kompaniyaning yozgi jadvalida uning yettita ekskursiya yo‘nalishi va to‘rtta muntazam reysi borligi ko‘rsatilgan: uchtasi Irkutskdan, bittasi Balaganskdan.
Irkutsk oblastida 28 iyun kuni yuqori shaylik rejimi joriy etilgandi – region rahbari buni «benzin inqirozi tufayli favqulodda vaziyat yuzaga kelishining oldini olish» zarurati bilan izohlagan. «Rosneft» zapravkalarida bir kunda bitta avtomobilga 50 litrdan ortiq yoqilg‘i sotmaslik bo‘yicha cheklov o‘rnatilgan.
Irkutsk oblasti gubernatori «yoqilg‘ini qonunga zid ravishda» sotishga urinishlarning oldini olish zarurligini ta’kidlagan. Ko‘p o‘tmay politsiyachilar benzinni yuqori narxlarda sotishga uringan to‘rt kishiga nisbatan protokol tuzgani e’lon qilindi.
Mavzuga oid
14:30
Novosibirsk oblastida zapravkalarning katta qismi ishlamayapti
19:00 / 03.07.2026
Rossiyada amaldorlarga navbatsiz xizmat ko‘rsatuvchi zapravkalar paydo bo‘ldi
17:25 / 03.07.2026
Baykalortida benzinga ulkan navbat yuzaga keldi
11:05 / 31.05.2026