Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm sohasida yangi rag‘bat: QQSning yarmi budjetdan qoplanadi
O‘zbekistonda ishbilarmonlik turizmi (MICE) sohasini rivojlantirish va xorijiy mehmonlar oqimini ko‘paytirish maqsadida yangi qo‘llab-quvvatlash mexanizmi joriy etildi. Endi MICE turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga haqiqatda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) 50 foizi respublika budjeti hisobidan qaytarib beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 8 iyuldagi 373-son qarori bilan «Turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladigan ishbilarmonlik (MICE turizm) tadbirlarini respublika hududida tashkil qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlariga respublika budjetiga haqiqatda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining 50 foizini qaytarish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, MICE turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga ular tomonidan haqiqatda to‘langan QQS summasining 50 foizi davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilib beriladi.
Kompensatsiya olish uchun tadbirkor MICE turizm tadbiri yakunlangan kundan boshlab uch oy ichida Milliy turizm yagona platformasi orqali Turizm qo‘mitasiga elektron murojaat yuborishi lozim.
Murojaatga tadbir haqidagi ma’lumotlar, tadbir dasturi, xarajatlar smetasi yoki kalkulyatsiyasi, elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn nazorat-kassa cheklari, bank to‘lov hujjatlari, chet ellik ishtirokchilar ro‘yxati hamda ularning O‘zbekistonga kirish va chiqishini tasdiqlovchi ma’lumotlar ilova qilinishi kerak.
Turizm qo‘mitasi taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kuni davomida ko‘rib chiqadi.
Shuningdek, QQSning 50 foizi qaytarilganidan so‘ng aniqlashtirilgan soliq hisoboti natijasida kompensatsiya miqdori o‘zgarsa, ortiqcha qaytarilgan mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjetiga qaytariladi.
Hukumat mazkur tartib orqali O‘zbekistonda xalqaro konferensiyalar, forumlar, ko‘rgazmalar va boshqa ishbilarmonlik tadbirlarini ko‘proq o‘tkazish, shu orqali mamlakatga keluvchi xorijiy sayyohlar sonini oshirishni maqsad qilgan.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
18:49 / 06.06.2026
“6 foizlik QQSga avtomatik o‘tilmaydi” - yangi soliq tartibotiga ekspertlar sharhi
14:11 / 03.06.2026
QQS chegarasi 5 mlrd so‘m bo‘ldi. Erkinlashgan biznes nima demoqda?
12:40 / 30.05.2026