O‘zbekiston | 15:01
4243
2 daqiqa o‘qiladi

Anomal issiq sabab butun respublika bo‘ylab bog‘chalar yopilishi mumkin

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Kun.uz'ga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Bu borada hokimliklar, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi hamda «O‘zgidromet» bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, qaror respublika bo‘yicha yagona tartibda emas, balki har bir hududdagi ob-havo va sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.

«Har bir hududdagi vaziyat alohida o‘rganilmoqda. Zarurat tug‘ilgan taqdirda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi mumkin», – deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq anomal issiq sabab Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ham vaqtincha to‘xtatilgan edi. U yerda mazkur qaror mahalliy hokimliklar tomonidan Sanitariya-epidemiologiya xizmati xulosalari asosida qabul qilingan.

Гулмира Тошниёзова
Tayyorlagan Гулмира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid