Hafta davomida Özbekistonda jazirama issiq saqlanib qoladi. «Özgidromet» ma’lumotiga köra, yaqin kunlarda harorat
+41...+43 darajagaça, şimolda, janubda va çöl hududlarida esa +44...+46 darajagaça kötarilişi kutilmoqda.

Issiq kunlarda inson organizmi qizişi, suvsizlanişi, qon bosimi özgarişi, yurak-qon tomir tizimiga ortiqça yuklama tuşişi, issiq urişi holatlari yuzaga kelişi mumkin. Soğliqni saqlaş vazirligi aholiga, ayniqsa, xavf guruhiga kiruvçi fuqarolarga ehtiyot çoralariga qat’iy amal qilişni tavsiya qildi.

Xususan, 65 yoşdan oşgan keksalar, çaqaloqlar va yoş bolalar, homilador ayollar, yurak-qon tomir, qandli diabet, buyrak, nafas yöllari va boşqa surunkali kasalliklari bölgan bemorlar, yuqori qon bosimi yoki yurak dorilarini, «suv haydovçi», allergiyaga qarşi yoki psixotrop preparatlarini qabul qiluvçilar issiqlik ta’siriga nisbatan, ayniqsa, zaif hisoblanadi.

«Bu insonlarda çanqoqlik hissi keç paydo bölişi, tana haroratini nazorat qiliş qobiliyati pasayişi yoki surunkali kasalliklar zörayişi mumkin. Şuning uçun ularning holatidan muntazam xabar olib turiş lozim», deyiladi SSV matbuot xizmati tavsiyasida.

Issiqda organizm terlaş orqali köp miqdorda suyuqlik va mineral moddalarni yöqotadi. Çanqoqni kutmasdan, kun davomida oz-ozdan va tez-tez suv içiş zarur. Katta yoşli soğlom insonlar uçun odatda kuniga 2–3 litr atrofida suyuqlik içiş tavsiya etiladi. Yurak, buyrak kasalliklari yoki şişga moyilligi bor bemorlar esa suyuqlik miqdorini şifokor tavsiyasiga köra belgilaşi kerak.

Yengil, keng, havo ötkazuvçan va oç rangli kiyimlar kiyiş tavsiya etiladi. Paxta va ziğir kabi tabiiy matolar tananing nafas olişiga yordam beradi va terning buğlanişini yengillaştiradi. Köçaga çiqqanda keng qirrali boş kiyim, quyoşdan himoyalovçi közoynak va zarur hollarda oftobdan himoyalovçi kremdan foydalaniş maqsadga muvofiq.

Oğir, yoğli, qovurilgan, aççiq va hazm bölişi qiyin ovqatlar organizmga ortiqça yuklama beradi. Şuning uçun sabzavotli salatlar, yengil şörvalar, qatiq, ayron, tvorog, tuxum, tovuq yoki baliq göşti, mevalar iste’mol qiliş tavsiya etiladi. Kun davomida 5-6 marta oz-ozdan ovqatlaniş maqsadga muvofiq.

Taxminan soat 11:00 dan 17:00 gaça oçiq quyoş ostida yurişni çeklaş kerak. Zarur işlarni ertalab yoki keçki salqin vaqtlarga qoldiriş maqsadga muvofiq. Agar köçaga çiqiş zarur bölsa, soya yölaklardan yuriş, boş kiyim kiyiş, yoningizda suv olib yuriş va har 15–20 daqiqada oz-ozdan suv içiş tavsiya etiladi.