Ma’lum qilinişiça, ob-havoning keskin isişi inson organizmiga salbiy ta’sir körsatadi. Quyoş urişi töğridan-töğri quyoş nurlari ostida uzoq vaqt qoliş natijasida yuzaga kelişi mumkin. Ayrim hollarda esa issiqlik ta’siri belgilari 6–8 soatdan keyin ham namoyon böladi.

Mutaxassislar quyoş urişining oldini oliş uçun soat 10:00 dan 17:00 gaça oçiq quyoş ostida uzoq vaqt bölmaslikni tavsiya etadi. Şuningdek, paxta kabi tabiiy matolardan tayyorlangan yengil kiyimlar kiyiş, oç rangli boş kiyim taqiş va quyoşdan himoyalovçi közoynak hamda kremlardan foydalaniş lozim.

Issiq kunlarda organizmda suv tanqisligining oldini oliş ham muhim ahamiyatga ega. Buning uçun muntazam ravişda suyuqlik iste’mol qiliş, uydan çiqişda suv olib yuriş tavsiya etiladi. Mutaxassislar çanqoqni bosiş uçun mineral suv, şarbatlar yoki yengil damlangan çoy içişni ma’qul köradi.

Quyoşdan qaytgaç duş qabul qiliş yoki tanani nam soçiq bilan artiş organizm haroratini me’yorga keltirişga yordam beradi. Şuningdek, oç qoringa yoki ovqatlangandan keyin darhol quyoş ostida böliş tavsiya etilmaydi.

Quyoş yoki issiq urişi dastlab darmonsizlik, boş oğriği, çanqoq, boş aylanişi va çarçoq bilan namoyon böladi. Keyinçalik köngil aynişi, qusiş, puls va nafas olişning tezlaşişi, kuçli terlaş, ayrim hollarda burundan qon ketişi kuzatilişi mumkin. Oğir holatlarda esa odam huşini yöqotişi, tutqanoq tutişi, alahlaşi yoki gallyutsinatsiya kuzatilişi ehtimoli bor. Agar öz vaqtida yordam körsatilmasa, nafas oliş va yurak faoliyati töxtab qolişi mumkin.

Bunday vaziyatda jabrlanuvçini zudlik bilan salqin joyga olib ötiş, çalqança yotqizib, boşini biroz kötariş, kiyimlarini böşatiş va toza havo bilan ta’minlaş kerak. Agar bemor huşida bölsa, unga sovuq suv yoki yengil damlangan çoy içiriş tavsiya etiladi. Boşiga nam soçiq qöyiş, qöltiq osti, çov va tizza orqasiga muz yoki sovuq suvli idiş qöyiş organizm haroratini pasaytirişga yordam beradi.

Mutaxassislar quyoş yoki issiq urişidan jabrlangan har qanday bemorni tibbiyot muassasasiga yetkazişni, oğir holatlarda esa zudlik bilan tez tibbiy yordam çaqiriş zarurligini ta’kidlamoqda.