Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram t.me domeni yana ishga tushdi
Telegram’dagi qisqa havolalar uzilishiga AQSh Moliya vazirligi talablari sabab bo‘lgani aytildi.
Chernogoriyaning .me domeni egalari Telegram asoschisi Pavel Durovga messenjerdagi qisqa havolalar nima uchun ishlamay qolganini tushuntirdi. Ularning akkaunti Durovning X ijtimoiy tarmog‘idagi postiga javob qaytardi.
Avvalroq Durov domen nomi egalaridan t.me qisqa havolalaridagi nosozlik sababini aniqlashni so‘ragan edi.
«Ey, @domainME, t.me havolasi ishlamay qoldi. Shu masalani ko‘rib chiqa olasizlarmi?», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Unga shunday javob berildi: «Sabringiz uchun tashakkur! t.me ishi OFAC talablariga rioya etish maqsadida to‘xtatilgan edi, biroq hozir servis yana ishlamoqda».
OFAC (ingl. Office of Foreign Assets Control — Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi) — bu AQSh Moliya vazirligining bo‘linmasi bo‘lib, xorijiy yurisdiksiyalar va rejimlarga, shuningdek, AQSh hukumati bahosiga ko‘ra, noqonuniy faoliyat olib borayotgan hamda mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi iqtisodiy sanksiyalar joriy etadi.
Bir kun avval brauzerda kanallar, postlar va profillarga olib o‘tuvchi havolalar ochilmay qolgan edi. «Kod Durova» portali muammoni serverHold holati bilan bog‘ladi, bu holat tufayli domen DNS tizimidan chiqarib yuboriladi.
TechCrunch nashrining ekspert Jon Aragonga tayanib yozishicha, t.me faoliyati AQSh Moliya vazirligi hakerlar tovlamachilik dasturlari yordamida hujumlar uyushtirishda foydalanadi, deb hisoblagan VPN-provayderiga qarshi sanksiya joriy etgan kuniyoq to‘xtatilgan. SDN ro‘yxatida messenjerdagi kanalga havola ham mavjud. Ehtimol, domen registratori sanksiyalarga rioya qilish uchun Telegram’ga tegishli bo‘lgan butun t.me domenining faoliyatini to‘xtatib qo‘ygandir, deb yozdi nashr.
Mavzuga oid
18:11 / 14.07.2026
Telegram ilovasining qisqa havolalari butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
18:47 / 29.06.2026
VKontakte, FSB va Telegram. Pavel Durovning hayot yo‘li
18:39 / 16.06.2026