Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahonda rekord darajadagi jazirama kuzatilishi mumkin
Mutaxassislar baholashicha, 2026 yil yozi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq mavsum bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Jahonning katta qismida havo harorati iqlim me’yoridan yuqori bo‘lishi kutilmoqda, bunga esa kuchayib borayotgan El-Nino hodisasi asosiy omil sifatida ko‘rsatilmoqda.
Mutaxassislarning qayd etishicha, jahondagi eng yuqori haroratlardan biri 2017 yilda Eronning Ahvoz shahrida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda havo harorati 53,7 darajaga yetgan.
Shu bilan birga, 2026 yil yozi ushbu rekordlarga yaqinlashishi yoki ayrim hududlarda yangilanishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Xususan, G‘arbiy Yevropa uchun joriy yilning iyun oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyun sifatida qayd etildi. Butun dunyo miqyosida esa u faqat 2024 yil iyun oyidan keyingi ikkinchi eng issiq iyun bo‘lgan.
Germaniyada ketma-ket uch kun davomida yangi harorat rekordlari o‘rnatildi. Boshqa qator mamlakatlarda ham anomal issiq, qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari xavfi kuchaygani qayd etilmoqda.
Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil yozida Yer yuzining katta qismida havo harorati ko‘p yillik iqlim me’yorlaridan yuqori bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar bu holatni Tinch okeanida kuzatilayotgan va global iqlimga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi El-Nino iqlim hodisasining faollashuvi bilan izohlamoqda. Ushbu jarayon dunyo bo‘ylab issiq to‘lqinlari, qurg‘oqchilik va ekstremal ob-havo hodisalari sonining ortishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
16:02 / 15.07.2026
Qashqadaryoda ham jazirama sabab og‘ir yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklanadi
17:35 / 14.07.2026
O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
15:01 / 13.07.2026
Anomal issiq sabab butun respublika bo‘ylab bog‘chalar yopilishi mumkin
12:59 / 13.07.2026