Özbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari faoliyatini vaqtinça töxtatiş masalasi körib çiqilmoqda. Bu haqda Kun.uz'ga Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Bu borada hokimliklar, Sanitariya-epidemiologiya qömitasi hamda «Özgidromet» bilan hamkorlik yölga qöyilgan.
Qayd etilişiça, qaror respublika böyiça yagona tartibda emas, balki har bir hududdagi ob-havo va sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib çiqqan holda qabul qilinadi.
«Har bir hududdagi vaziyat alohida örganilmoqda. Zarurat tuğilgan taqdirda maktabgaça ta’lim taşkilotlari faoliyati vaqtinça töxtatilişi mumkin», – deyiladi vazirlik ma’lumotida.
Eslatib ötamiz, avvalroq anomal issiq sabab Qoraqalpoğiston Respublikasidagi davlat va nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari faoliyati ham vaqtinça töxtatilgan edi. U yerda mazkur qaror mahalliy hokimliklar tomonidan Sanitariya-epidemiologiya xizmati xulosalari asosida qabul qilingan.












