Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bond omborlariga qo‘yiladigan talablar tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda bond omborlari faoliyatini tashkil etish va yuritish tartibi tasdiqlandi. Yangi nizom bond omborlariga qo‘yiladigan talablar, ularni reyestrga kiritish hamda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi tartibini belgilaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 16 iyuldagi 388-son qarori bilan «Bond ombori faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, bond omborlarini tashkil etish, ular faoliyatini yuritish, tovarlarni omborga joylashtirishda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishning yagona tartibi belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, bond ombori faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlar erkin ombor faoliyati bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lishi hamda Bond omborlari reyestriga kiritilishi lozim.
Bond omborlarida maxsus elektron savdo platformalari orqali jismoniy shaxslarga sotiladigan chet el tovarlarini saqlash, tovarlarning but saqlanishini ta’minlashga qaratilgan operatsiyalarni bajarish, shuningdek, oddiy yig‘ish ishlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Bond omborlari reyestriga kiritish uchun bir qator talablar belgilangan. Jumladan, ariza beruvchi amaldagi litsenziyaga ega erkin omborga egalik qilishi, maxsus elektron savdo platformasi bilan hamkorlik yoki sheriklik shartnomasi tuzgan bo‘lishi hamda umumiy maydoni kamida 15 ming kvadrat metr bo‘lgan yaxlit erkin omborga ega bo‘lishi talab etiladi.
Shuningdek, Bojxona qo‘mitasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ular kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, ariza beruvchiga bond omborlari reyestriga kiritish yoki kiritishni rad etish haqida rasmiy javob yuboriladi.
Yangi tartib elektron tijorat sohasida tovarlar logistikasini takomillashtirish, bojxona jarayonlarini soddalashtirish va bond omborlari faoliyatini yagona qoidalar asosida tashkil etishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:12 / 15.07.2026
44 darajali issiqda ish beruvchilarga yangi talablar qo‘yildi
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
14:58 / 28.04.2026
Bond omborlariga brend kiyimlar va poyabzallar joylashtirilmaydi, nega?
20:16 / 23.04.2026