Inspeksiya ma’lum qilişiça, havo harorati yuqori bölgan kunlarda iş beruvçilar iş jarayonini mehnatni muhofaza qiliş talablari asosida taşkil etişi şart.
Xususan, soat 11:00 dan 16:00 gaça bölgan eng issiq vaqtda taşqi işlar hajmini qisqartiriş yoki töliq töxtatiş, şuningdek, oğir jismoniy mehnatni çeklaş tavsiya etilgan.
Bundan taşqari, iş joylarida xodimlar uçun yetarli miqdorda toza va salqin içimlik suvi mavjud bölişi, salqin yoki soyali dam oliş joylari taşkil etilişi hamda muntazam dam oliş imkoniyati yaratilişi lozim.

Inspeksiya tibbiy körikdan ötmagan xodimlarni işga jalb qilmaslik, işçilarni yengil, havo ötkazuvçi va issiqdan himoya qiluvçi maxsus kiyimlar bilan ta’minlaş muhimligini ham eslatdi.
Şuningdek, barça xodimlarga issiq urişi va suvsizlaniş belgilari, ularning oldini oliş usullari hamda birinçi yordam körsatiş tartibi böyiça tuşuntiriş işlarini olib boriş tavsiya etildi.
Davlat mehnat inspeksiyasiga köra, agar xodimning soğliği yomonlaşsa, unga zudlik bilan birinçi tibbiy yordam körsatilişi va zarur hollarda tibbiyot muassasasiga murojaat qilinişi şart.
















